Qonun ustuvor jazo muqarrar
14/02/2024
Joriy yilning 12-fevral kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Navoiy viloyati bo’linmasi xodimlari hamda Xatirchi tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari hamkorligida “Tinchlik” hamda “Oltinobod” MFY hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbiri davomida “Tinchlik” mahallasining “Shag‘alon” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar S.X., D.Sh va M.N.lar “Oltinobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi sel soyi o’zanidan noqonuniy ravishda tabiatda keng tarqalgan qum-shag‘al materiallarini yuklab chiqayotgan holati aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarlarga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 10 mln 200 ming so‘m miqdorida jarima hamda 600 ming 23 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar belgilanib, yuklagan qum-shag‘al materiallarini ortilgan joyiga to‘ktirildi.
Shuningdek, joriy yilning 9-fevral kuni Xatirchi tumani "Ko‘ksaroy" MFYda olib borilgan reyd tadbiri davomida fuqaro S.N noqonuniy ravishda tabiatda keng tarqalgan qum-shag‘al materiallarini yuklab chiqayotgan holati aniqlandi.
Ushbu holatda ham fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.