Zamonaviy texnologiyalar yordamida uchastkalar nazoratga olinmoqda
21/02/2024
Daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida daryo va soylarda ko‘plab noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holatlari doimiy tarzda yuz berib kelayotgani hamda o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlarda ham uchastka chegaralaridan tashqarida faoliyat olib borish holatlari kuzatilmoqda.
Shu kabi holatlarni oldini olish hamda daryo o‘zanlarini tozalash ishlarini loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya etgan holda olib borish maqsadida, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan barcha uchastkalarning kirib-chiqish yo‘llarida 360 darajada syomka qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuv imkonini beruvchi kameralar o‘rnatish talabi yo‘lga qo‘yildi.
O‘rnatilgan talabni ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon viloyatining Izboskan tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi “Mega invest baraka” MCHJga biriktirilgan uchastkaning kirib-chiqish yo‘llarini kuzatib borish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuv imkonini beruvchi kamera o‘rnatildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Respublikaning barcha viloyatlari hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylar o‘zanlaridagi tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarning kirib-chiqish yo‘llarida yuqorida qayd etilgan parametrlarga ega bo‘lgan kuzatuv moslamalarini o‘rnatilishi lozimligi bo‘yicha boshqarma xodimlarga vazifalar yuklandi.