Huquqbuzarga qonuniy ravishda jazo qo‘llanildi

28/03/2025

"Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi Andijon viloyati bo‘linmasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi viloyat boshqarmasi inspeksiya xodimlari ishtirokida Oltinko‘l va Baliqchi tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘znidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd tadbiri davomida, Baliqchi tumani "Siza" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro R.X.  Qoradaryo daryosi o‘znidan noqonuniy ravishda hech qanday ruxsatnomalarsiz qum-shag‘al materiallarini yuklab olayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan qonuniy ravishda jazo ta’sir chorasini qo‘llash maqsadida, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi "Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida"gi Kodeksning  70-1-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari ya’ni (o‘n bir million ikki yuz ellik ming) so‘m miqdorida jarimaga tortildi.