Chirchiq daryosini qayta tiklash yo‘lida — jamoatchilik ishtirokida eshituv
23/05/2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17-yanvardagi "Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-14-son Farmoni 6-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan belgilangan topshiriqlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Chirchiq daryosining tabiiy holatini qayta tiklash, daryo o‘zanini kompleks reabilitatsiya qilish loyihasini amalga oshirish maqsadida mutaxassislar tomonidan daryo o‘zanlariga yaqin hududda istiqomat qiluvchi aholiga Farmon mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida, mahalla faollari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17- PF-14-son Farmoni 6-bandi bilan tanishtirildi.