Samarqand viloyatida noqonuniy holat aniqlandi

11/06/2024

Joriy yilning 6-iyun kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Samarqand viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Samarqand viloyati boshqarmasi nazorat inspeksiyasi xodimlari hamkorligida Samarqand viloyati Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosida noruda materiallarini noqonuniy ravishda qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan tezkor nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.

Tashkil etilgan reyd tadbiri davomida, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Shoshbuloq” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Qoradaryo” daryosining oqim bo‘ylab chap tomoni muhofaza qismidan shu hududda istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan “Arcor” rusumli ekskavator hamda “Zil” rusumli yuk tashish texnikalari yordamida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holati aniqlandi.

Aniqlangan holat boyicha qonuniy chora korish maqsadida toplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.