Diqqat E'lon!

18/12/2024

Qashqadaryo viloyati Yakkabog tumaniAjrimMFY  Uygurqorgonchasi hududidan oqib o‘tuvchi Guldara daryosi o‘zanidagi uchastkada o‘zan tozalash ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish huquqini tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish maqsadida "E-Auksion" savdo platformasiga joylashtirildi.

O‘zan tozalash huquqining boshlang‘ich narxi 160 014 400,00 so‘m etib belgilangan.
Mazkur uchastkada o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish muddati 3 yil etib belgilangan.

Loyiha  hujjatlari bo‘yicha belgilangan qum-shag‘al materiallarini zahirasining taxminiy hajmi 22 440,0 metr kub ni tashkil qiladi.

Loyihani belgilangan maqsadi: Suv toshqini mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlarini Guldara daryosidan talofatsiz o‘tkazish, qirg‘oqlar yuvilishini hamda  qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olishdan iborat.