Qoradaryo qirg‘og‘i chiqindilardan tozalandi

19/07/2024

Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Andijon viloyat bo‘linmasi xodimlari tomonidan Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylarning o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatlari monitoring qilindi.

Organish davomida, Qoradaryo daryosi bo‘yiga mahalliy aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilish va maishiy chiqindilar to‘kib kelinganligi aniqlandi.

Natijada, Qoradaryo daryosida tozalanishi  lozim bo‘lgan o‘zanning qirg‘oq bo‘yi mintaqalarida qurilish va maishiy chiqindi uyumlari paydo bo‘lgan.

Shuningdek paydo bolgan chiqindi uyumlarini Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Andijon viloyat bo‘linmasi xodimlari hamda Olitnkol tumani MarkazMFY hududidan oqib otuvchi Qoradaryo daryosi ozanida qum-shagal materiallarini qazib olish huquqini qolga kiritgan Xitachi xizmatiMCHJ bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektining texnikalarini jalb qilgan holda chiqindilar hududdan olib chiqib ketildi.