Farg‘ona viloyati hududidan oqib o‘tuchi daryo va soylarda amalga oshirilayotgan o‘zan tozalash ishlari o‘rganildi
28/07/2024
“Xavfsiz daryo boshqarmasi”davlat muassasasi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi rahbariyati hamda viloyat ishchi guruhi ishtirokida Farg‘ona viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylarda noruda materiallarni qazib olish huquqini qo‘lga kiritib o‘zan tozalash ishlariga jalb qilingan barcha uchastkalar va tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.
Xususan, o‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi rahbariyati tomonidan sohaga aloqador mutasaddi xodimlarga faoliyat doirasida amlaga oshirilayotgan ishlardagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, noqonuniy faoliyatlarni oldini olish maqsadida qonunbuzarliklar ko‘p uchrayotgan hududlarga kuzatuv kameralarni o‘rnatish, hamda bajarilishi lozim bo‘lgan tezkor vazifalar, bartaraf etilishi zarur bo‘lgan muammolar borasida aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.