Qaror talablariga muvofiq avtomobil ko‘priklari holati o‘rganilmoqda

24/12/2024

Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3286-son Qarori talablariga rioya etilishi, hududlarda daryo o‘zanlaridan foydalanishda avtomobil ko‘priklariga zarar yetkazilishi holatarini hamda ko‘priklar atrofidagi karyerlarni o‘rganish maqsadida  ishchi guruh tuzildi.

 Shuningdek, Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari Prokuraturasi, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining viloyat bo‘linmalari, Favqulodda vaziyatlar, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, Tog‘-kon sanoati va geologiya boshqarmalari hamda Avtomobil yo‘llardan foydalanish viloyat bosh boshqarmasi xodimlari  viloyatlardagi  umumfoydalanuv avtomobil yo‘llaridagi mavjud ko‘priklarning asosi va tayanch qoziqlari mustahkamligini nazorat qilishga jalb etildi.

 Xususan, Qashqadaryo viloyatidagi umumfoydalanuv avtomobil yo‘llaridagi mavjud jami 11 ta ko‘prik hamda Navoiy, Surxondaryo viloyatlaridagi 4 ta ko‘priklarning asosi va tayanch qoziqlarini mustahkamligi hamda daryo o‘zanlarini tozalash bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining uchastkalari ko‘priklardan o‘zan bo‘ylab 2,5 km gacha bo‘lgan masofada joylashganligi o‘rganildi.