Qoradaryo daryosi o‘zani doimiy nazoratda
11/01/2024
2024-yil 10-yanvar kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Andijon viloyati bo‘linmasi xodimi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish siyosati bo‘limi xodimlari hamkorligida viloyat hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanida nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida Andijon viloyati Izboskan tumani “Urganji” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanida mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqaro M.U. tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan texnika yordamida tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi.
Qum-shag‘al materiallarini qazib olayotgan maxsus texnikalar ishiga zudlik bilan chek qo‘yildi.
Aniqlangan holat bo‘yicha qonunbuzarga nisbatan Ekologiya inspektorlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 701-moddasi “Daryolarning o‘zanlarini tozalashga va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish” bandiga asosan huquqbuzarga nisbatan ba’zaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.