Viloyatlarda o‘lchov monitoring ishlari boshlandi

25/04/2024

2024-yilning 22-aprel kunidan “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryo o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi to‘g‘risida imzolangan shartnomalarning “Kalendar grafigi”ga asosan aprel oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi bo‘yicha o‘lchov ishlari va o‘zan tozalash jarayoni monitoringi amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbirlarga, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyat boshqarmalari, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari jalb qilinib, ular tomonidan Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlaridagi uchastkalarda daryo o‘zanlarini tozalash ishlari bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda shartnomaning “kalendar grafigi”da belgilangan 2024-yil aprel oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi o‘lchanib, tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Shu bilan birga, Uchastkalarda nazorat o‘lchov ishlarini olib borish jarayonida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati ham o‘rganilib, faoliyat olib borish jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga mutaxassislar tomonidan loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya etgan holda o‘zan tozalash ishlarini olib borilishi yuzasidan ogohlantirish va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Yuqoridagi kabi nazotat o’lchov ishlari Respublikamizning boshqa viloyatlarida ham reja-grafik asosida davom ettiriladi.