Jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi
09/06/2025
"Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Sayxunobod tumani bo‘limi, “Davlat ekologik ekspertiza markazi” Sirdaryo viloyati filiali xodimlari boshchiligida Sayxunobod tumani "O‘rikzor" MFY “Rabot” SIU hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanidagi uchastkalarda ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida mahalla faollari tomonidan soy o‘zanini tozalash bo‘yicha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyihalar bir ovozdan ma’qullandi.