Farg‘onada noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi
13/04/2024
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari va viloyat IIB xodimlari hamkorligida noruda materiallarini noqonuniy ravishda qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.
Reyd tadbiri davomida, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani “Sarqo‘rg‘on” MFY hududidan oqib o‘tuvchi So‘x daryosida “Rajabgardi” QFYda istiqomat qiluvchi fuqoro K.R tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan “Hyundai” rusumli ekskavator hamda “Kamaz” rusumli yuk tashish texnikasi yordamida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holati aniqlandi.
Aniqlangan holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 70-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida, ya’ni 10 200 000,00 (o‘n million ikki yuz ming) so‘m miqdorida jarimaga tortildi va shaxsiy texnikalar vaqtinchalik saqlash maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirildi.