“Yashil Makon” umummilliy loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

05/12/2023

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021-yil 25-noyabrdagi 1563-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturiga muvofiq, joylarda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Sirdaryo viloyati hududiy bolinmasi xodimlari tomonidan daryo o‘zanlarini tozalash huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda uchastkaning muhofaza mintaqalarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

2023-yil 4-dekabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturi doirasida “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi xodimlari va “GLOBAL INDUSTRIAL PROJECT” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani “Yangiobod” SIU “Yangiobod burilish” hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanidagi uchastkaning muhofaza mintaqasida 500 tup “Terak” ko‘chatlari ekildi. 2024 yilning bahor mavsumida ham yana qo‘shimcha 1 500 tup ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan.

O‘z navbatida, tadbirkorlik subyekti tomonidan ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash ishlarini tadbirkor o‘z zimmasiga olishi bilan birga mahofaza mintaqasida yashil bog‘ barpo etilishida o‘z xissasini qo‘shishini ta’kidlab o‘tdi.