Yo‘llangan murojaat bo‘yicha mutaxassislar tomonidan murojaat muallifiga huquqiy tushuncha berildi 

26/12/2024

 2024-yil 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “Nomdanak Saxovati” mas’uliyati cheklangan jamiyati  tomonidan murojaat kelib tushgan.

Murojaatda, Toshkent viloyati Parkent tumani “Nomdanak” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Boshqizilsoy soyi o‘zanidagi uchastkada o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish huquqi bo‘yicha “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilishdavlat muassasasi bilan “Nomdanak Saxovati” MChJ o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolash yuzasidan amaliy yordam so‘ralgan.

 Murojaatni o‘rganish yuzasidan murojaat muallifi bilan “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish davlat muassasasi muataxassis xodimlari tomonidan suhbat olib borildi.
  
Suhbat davomida, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilishdavlat muassasasini asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-iyuldagi PQ-3841-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-sonli qarori bilan tartibga solinishi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 17-yanvar “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-sonli Farmoniga muvofiq daryo o‘zanlari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag‘al materiallari qazib olish huquqini faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish belgilanganligi bois, murojaatchi tomonidan so‘ralgan uchastka bo‘yicha to‘g‘ridan-tog‘ri shartnoma imzolash uchun huquqiy asosalar mavjud emasligi bildirildi.

O‘z navbatida, Toshkent viloyati Parkent tumani “Nomdanak” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Boshqizilsoy soyi o‘zanidagi uchastka Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining tozalanishi lozim bo‘lgan uchastkalar ro‘yxatiga kiritilmaganligi murojaat muallifiga tushuntirildi.