Xorazm viloyatida uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi

05/06/2024

Xavfsiz daryo boshqarmasidavlat muassasasi Xorazm viloyati hududiy bolinmasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim ozgarishi vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida uchastkani topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi.

Shu jumladan, “E-AUKSIONelektron savdo platformasi tomonidan taqdim etilgan goliblik bayonnomasiga asosan, Xorazm viloyati Urganch tumaniCholishMFY hududidan oqib otuvchi Amudaryo daryosi ozanidagi uchastkada ozan tozalash jarayonida qum-shagal materiallarini qazib olish ishlarini amalga oshirish huquqi boyicha Xavfsiz daryo boshqarmasidavlat muassasasi hamda MEGASTONEmasuliyati cheklangan jamiyati ortasida shartnoma imzolangan edi.

Mazkur uchastka loyihada korsatilgan chegaradan 150 metr qirgoqqa yaqin bolgani bois, uchastkaning geografik koordinata nuqtlariga ozgartirish kiritilib qayta loyiha hujjatlari ishlab chiqildi hamda davlat ekologik ekspertizasining xulosasi olinib, tadbirkorlik subyekti bilan mazkur uchastkada ozan tozalash ishlarini amalga oshirish boyicha qoshimcha kelishuv imzolandi.

Oz navbatida, realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorlik subyektiga korsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qozgalmas beton qoziqlar hamda uchastka parametrlarini ozida aks ettiruvchi bannerlar qayta ornatildi.

Holat bo‘yicha, taraflar o‘rtasida uchastka topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyekti rahbariga uchastkada faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilish hamda shartnomada ko‘rsatilgan me’yorlardan chetga chiqmaslik to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.