Samarqand viloyatida yana bir noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi
13/03/2024
2024-yilning 12-mart kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Samarqand viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat Prokuratura xodimlari ishtirokida noruda materiallarini noqonuniy ravishda qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.
Reyd tadbiri davomida, Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Bo‘ronxo‘ja” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosida shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallari qazib olish holati aniqlandi.
Aniqlangan holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.