Xotira bor ekan – millat barhayot!

09/05/2026


Bugun yurtimizda, xalqimizning qutlug‘ ayyomi– Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 81 yillik bayrami keng nishonlandi.
 
Xotira va qadrlash kuni inson qalbida minnatdorlik, hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydigan ulug‘ ayyomdir. Bu sana orqali yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarning porloq xotirasi yod etiladi. Ularning jasorati, matonati va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati barchamiz uchun yuksak ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
 

 Bugun Shavkat Xamrayev boshchiligidagi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda tizim tashkilotlari faollari, Jamoatchilik kengashi, Kasaba uyushma a’zolari va yoshlar Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” hududida o‘rnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga alvon gulchambarlar qo‘yib, azizlar xotirasiga avlodlar ehtiromini ifoda etdi.


Xotira qalblarda mangu yashaydi. Qahramonlar unutilmaydi.