“Yashil makon” loyihasi amalda

14/11/2025

 “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining hududiy bo‘linmalari va   tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish ishlari davom etmoqda.

Xususan, Andijon viloyati Baliqchi tumani “Daryo bo‘yi” “Jasorat” va “G‘alaba” MFYlari hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi “Baliqchilik Al-Mansur” xususiy korxonasi va Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarning muhofaza mintaqalariga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.