Andijon viloyati hududidagi daryo o‘zanlarini tozalash ishlarini olib borishni tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi
30/01/2026
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi mutaxassislari hamda mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan Andijon viloyati Andijon tumani “Yangiobod”, Jalaquduq tumani “Buzrukxonto‘ra”, Qo‘rg‘ontepa tumani “Yortiboshi” MFYlari hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi uchastkalarda ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan Atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi ariza loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Jamoatchilik eshituvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 7-sentyabrdagi 541-sonli “Atrof muhitga ta’sirni baxolash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq o‘tkazildi.
Jamoatchilik eshituvida asosiy e’tibor, Qoradaryo daryosi o‘zanlari va mintaqalaridagi ekologik muammolar uchastkalarda to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallaridan tozalash orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari va suv toshqinlari bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va ishlab chiqarish korxonalarini muhofazani ta’minlash choralarini ko‘rishga qaratildi.
O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida mahalla faollari tomonidan daryolar o‘zanlarini tozalash bo‘yicha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyiha bir ovozdan ma’qullandi.