Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Eliboy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida noqonuniy ravishda o‘zan tozalash faoliyati bilan shug‘ullanish holati aniqlandi.
28/09/2023
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi hodimlari tomonidan Toshkent viloyatida o‘lchov monitoring ishlarini olib borilishi jarayonida, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani “Eliboy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘zanida noma’lum shaxslar tomonidan o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi maqsadida, Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining mas’ul hodimlari jalb etildi.