Hududlarda tadbirkorlar faoliyatlari bilan yaqindan tanishilmoqda
20/04/2024
2024-yilning 18-aprel kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” DM rahbariyati hamda Toshkent viloyati bo‘linmasi ishtiroklarida Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soy o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatlari bilan yaqindan tanishildi.
Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan o‘zan tozalash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jami 8 ta tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan 10 ta uchastkaning chegaralarini belgilovchi burchak qoziqlari hamda uchastka parametrlarini o‘zida aks ettiruvchi bannerlar osilganligi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur uchastkalarning kirib-chiqish yo‘llarida 360 darajada syomka qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuv imkonini beruvchi kameralar o‘rnatish masalasi ilgari surildi.
Jumladan, Oqqo‘rg‘on tumanida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar qum-shag‘al materiallarini qazib olish jarayonida yuzaga kelgan muommolari va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklari bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va takliflar bildirildi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari tomonidan faoliyat olib borish jarayonida loyiha hajjatlari hamda ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.