22-mart – Xalqaro suv kuni (World Water Day) munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz! 

24/03/2026

Suv – hayot manbai, tabiatning bebaho ne’matidir. Har bir tomchi suvni asrab-avaylash, uni tejab ishlatish va kelgusi avlodlarga sof holda yetkazish barchamizning burchimizdir. Yurtimizda suv musaffo, hayotimiz fayzli bo‘lsin!

 Sizni hayotimizning eng asosiy manbai bo‘lmish suvning qadrini ulug‘laydigan xalqaro ayyom bilan chin dildan tabriklaymiz!

 Siz aziz Suvchilarning mashaqqatli mehnatingiz tufayli dalalarimiz yashnab, xonadonlarimizga fayz kiradi. Bu oliyjanob ishda barchangizga kuch-quvvat va omad yor bo‘lsin!

Xonadoningizdan suvday tiniq hayot, fayz va baraka arimasin! Xalqaro suv kuni muborak bo‘lsin!

Suv – bu tinchlik, suv – bu rivojlanish!