Qoradaryo daryosi o‘zanini tozalash ishlari yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi

29/01/2025

2025-yil 29-yanvar kuni “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi, Davlat ekologik ekspertiza markazi xodimlari bilan birgalikda, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani “Yangiravot” MFY  Ishtixon tumani “Dehqonobod” MFY hamda Pastdarg‘om tumani “Shombuloq” MFY hududlaridan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanini tozalash ishlarini olib borishning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yuzasidan mahalla faollari ishtirokida jamoatchilik fikri o‘rganildi.

Jamoatchilik eshituvi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentyabrdagi “Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizimini yanada takomillashirish toʻgʻrisida541-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq tashkil etildi. 

Tadbir davomida, Qoradaryo daryosida o‘rganilayotgan uchastkasining asosiy ekologik muammolari, daryo o‘zanida uzoq yillar davomida qum-shag‘allar to‘planib qolishi natijasida suv o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, daryo qirg‘oqlari yuvib ketishi va daryo atrofida istiqomat qiladigan aholiga xavf solayotganligi uchun daryo o‘zanini tozalash choralarini ko‘rish lozimligi muhokama qilindi.

Muhokama yakunida, fuqarolarni taklif va muammolari tinglanib, daryo o‘zanida tozalash ishlarini olib borish to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.