Yo‘llangan murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganildi

19/12/2024

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Uchtepa” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro B.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Veb-saytiga murojaat yo‘llagan.

Murojaatda, fuqaroni Samarqand viloyati Nurobod tumani hududidan oqib o‘tuvchi Eski anhor kanalida noqonuniy qum yuklanayotganligidan noroziligi takidlangan.

 Yuqoridagi murojaat “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Samarqand viloyati bo’linmasi, xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda o’rganildi.

O‘rganish davomida mutaxassislar tomonidan, murojaatchiga Eski anhor kanaliga borilganda kanalda  hech qanday ekskavator yo‘qligi hamda ushbu masala “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining vakolat doirasiga kirmasligi va bu masala bo’yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga murojaat qilishi to‘g‘risida ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.