Yo‘llangan murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganildi

06/03/2025

Toshkent shahri Mirobod tumani "Mirobod" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Z.Tashniyazov  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Veb-sayt orqali murojaat yo‘llagan.
Murojaatda fuqaro tomonidan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani "Fayzikent" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Oqdaryo daryosining doimiy suv oqib o‘tuvchi o‘zanidan yer ajratib berilishi so‘ralgan.

Ushbu murojaat "Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi Samarqand viloyati bo‘linmasi hamda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mutaxassislar tomonidan, murojaatda ajratib berilishi so‘ralgan joy Oqdaryo daryosining ikkiga bo‘lingan  qismiga to‘g‘ri kelib, sel-suv toshqini mavsumida suv bosishi hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi mavjudligi bois, bu joydan foydalanish  mumkin emasligi to‘g‘risida murojaat muallifiga tushuntirishlar berildi.