Andijonda tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryoning yemirilayotgan qirg‘og‘i mustahkamlandi

19/02/2025

Sel-suv toshqini natijasida suv sathi ko‘tarilib, Qoradaryo daryosining Andijon viloyati Jalaquduq tumani Teshiktosh” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida oqim bo‘ylab chap qirg‘og‘i yemirilishi holati kuzatildi.

Holat yuzasidan Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryo (soy)lar o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqi bo‘yicha “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi bilan shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan “Broken Stones” MChJ hamda “Wonder Build” MChJ tadbirkorlik subyektlari tomonidan ularning ishchi kuchi, texnika va mexanizmlari keng jalb qilinib, qirg‘oq mustahkamlash ishlari olib borildi.

Amalga oshirilgan qirg‘oq mustahkamlash ishlari natijasida daryoning yemirilayotgan qirg‘og‘i xarsang toshlar bilan mustahkamlanib, yuzaga kelgan xavf bartaraf etildi.