Andijonda yana bir tadbirkorlik subyekti tomonidan daryoning yemirilayotgan qirg‘og‘i mustahkamlandi
06/06/2024
Sel-suv toshqini mavsumida daryo irmoqlaridan sel suvlarining qo‘shilishi natijasida suv sathi ko‘tarilib, Qoradaryo daryosining Andijon viloyati Andijon tumani “Omonov”, “Patidinov”, “Toshmatov” MFYlari hududidan o‘tuvchi qismida oqim bo‘ylab chap qirg‘og‘i yemirilishi holati kuzatildi.
Sodir bo‘lgan holat yuzasidan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryo (soy)lar o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqi bo‘yicha “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi bilan shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan “SMS TEZKOR LYUKS” XK tadbirkorlik subyekti tomonidan uning ishchi kuchi, texnika va mexanizmlari keng jalb qilinib qirg‘oq mustahkamlash ishlari bilan birgalikda aholi tomonidan tashlab ketilgan maishiy chiqindilarni ham tozalash ishlari olib borildi.
Amalga oshirilgan qirg‘oq mustahkamlash ishlari natijasida daryoning yemirilayotgan qirg‘og‘i xarsang toshlar bilan mustahkamlanib, yuzaga kelgan xavf bartaraf etildi.
Eslatib o‘tishimiz joizki, bir-necha kun avval ham Andijonda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” DM bilan shartnomaga ega tadbirkorlik subyekti tomonidan qirg‘oq yemirilshi xavfi tezkorlik bilan bartaraf etilgan edi.