Amudaryo daryosi hududida yangi turistik loyihalar uchun imkoniyat! Uchastkalar "E-auksion" savdo platformasiga joylashtirildi
17/08/2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani “Arbashi” OFY hududidan oqib o‘tuvchi Amudaryo daryosi oʻzan osti maydonida turistik xizmatlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan suv fondi yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron auksion orqali realizatsiya qilinmoqda.
Savdo sanasi: 2026-yil 7-sentyabr.
Lotlar bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting:
1-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24849034
Turizm infratuzilmasini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing va yangi investitsiya imkoniyatlaridan foydalaning.