Diqqat !

23/04/2026

Suv xo‘jaligi obyektlari o‘zanlarida sel va toshqin xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qo‘shma qaror  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF–14-son Farmoni  bilan tasdiqlangan Daryo o‘zanlarini to‘planib qolgan noruda materiallardan tozalash tizimini tartibga solish va takomillashtirish bo‘yicha  “yo‘l xaritasi” 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining “Suv xo‘jaligi obyektlari oʻzanlaridagi sel, toshqin xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallaridan tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarori  O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi  tomonidan davlat ro‘yxatidan  o‘tkazildi.

 Mazkur qo‘shma qarorda, Suv xo‘jaligi obyektlari oʻzanlaridagi sel, toshqin xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallaridan tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi belgilangan.

 Ushbu qo‘shma qarorning normativ-huquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat ro‘yxatidan  o‘tkazilishi daryo va soylar o‘zanlarida qum-shag‘al qazib oluvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilgan ishlarni balansda saqlovchi – joylardagi suv xo‘jaligi tizim tashkilotlariga qabul qilib olish ishlarini tartibga soladi.