Diqqat E'lon!

07/08/2025

 Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “To'damaydon” MFY Kattasovur qishlog'i hududidan oqib o‘tuvchi Tanxozdaryo daryosi o‘zanidagi uchastkada o‘zan tozalash ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish huquqini tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish maqsadida "E-Auksion" savdo platformasida 14-avgust kuni savdo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

 O‘zan tozalash huquqining boshlang‘ich narxi 181 255 200.00 so‘m etib belgilangan.

   Mazkur uchastkada o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish muddati 2028-yil 1-iyulgacha etib belgilangan.

   Loyiha  hujjatlari bo‘yicha belgilangan qum-shag‘al materiallari zahirasining tahminiy hajmi: 136 359,0 metr kubni tashkil qiladi.

  Loyihani belgilangan maqsadi: Suv toshqini mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlarini Tanxozdaryo daryosidan talofatsiz o‘tkazish, qirg‘oqlar yuvilishini hamda qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olishdan iborat.

  Uchastka ma’lumotlari bilan batafsil tanishish uchun:   https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=16630263