Chirchiq daryosini o‘rganish davomida noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi

11/03/2024

2024-yil 5-mart kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan Chirchiq daryosining moratoriy joriy qilinayotgan hududlariga aniqlik kiritish hamda daryoning bugungi kundagi texnik holatini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

O‘rganish jarayonida, Chirchiq daryosining Yuqorichirchiq tumani “Orom” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida fuqarolar tomonidan 1 ta “HYUNDAI” rusumli ekskovator va 4 ta “HOWO” rusumli yuk tashish texnikalari yordamida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holat aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani Ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari jalb etilib, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 70-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari ya’ni 10 200 000 (o‘n million ikki yuz ming) so‘m jarima tayinlandi hamda unga tegishli bo‘lgan maxsus texnikalar daryo o‘zanidan chiqarib yuborildi.