O‘zan tozalash ishlari bo‘yicha reja asosidagi o‘lchov monitoring tadbirlari amalga oshirilmoqda
23/01/2026
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryolar o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish loyihalarini amalga oshirish huquqi bo‘yicha imzolangan shartnomalarga muvofiq, belgilangan kalendar grafik asosida hududlarda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, 2026-yilning yanvar oyida daryolar o‘zanini tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmlarini aniqlash maqsadida o‘lchov ishlari, shuningdek, o‘zan tozalash jarayonining belgilangan me’yorlarga muvofiq amalga oshirilayotganligini baholash yuzasidan monitoring nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar shartnoma shartlariga rioya etilishini ta’minlash, qazib olinayotgan materiallar hajmining aniqligi, daryo va soylar o‘zanini tozalash ishlari sifatini nazorat qilishga qaratilgan.
Shu kabi nazorat-o‘lchov va monitoring ishlari Respublikaning boshqa hududlarida ham tasdiqlangan reja-grafik asosida davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, jarayonlar doimiy ravishda mutasaddi tashkilotlar tomonidan kuzatib boriladi.