Oktyabr oyi davomida qator viloyatlarda o‘lchov monitoring ishlari davom etmoqda.
27/10/2023
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida imzolangan shartnomalarning “Kalendar grafigi”ga asosan oktyabr oyi davomida daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganilishi jarayoni yuzasidan o‘lchov monitoring ishlari davom etmoqda.
Shu jumladan, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” DM hududiy bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi viloyat boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mas’ul hodimlari ishtirokida Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida uchastkalarda daryo o‘zanlarini tozalash faoliyati o‘rganilib, kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda. Uchastkalarda daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish bo‘yicha o‘lchov monitoring ishlari olib borilmoqda.
O‘z navbatida, tadbirkorlik subyektlariga faoliyat olib borish davomida loyiha hujjatlari, davlat ekologik ekspertiza xulosasining talablariga rioya qilingan holda faoliyat olib borish va shartnoma shartlaridan chetga chiqmaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar muntazam berib borilmoqda.