Ochiq eshituv va murojaatlarga amaliy yechimlar
26/03/2026
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi rahbari Ravshan Sharopov hamda, tegishli bo‘lim va yo‘nalishlar mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyati Samarqand shahrida jismoniy hamda yuridik shaxslar vakillari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur sayyor qabulni tashkil etishdan asosiy maqsad — hududlarda suv xo‘jaligi tizimiga oid dolzarb masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini bevosita eshitish hamda ularning muammolariga amaliy yechim topishdan iborat.
Qabul davomida ishtirokchilar tomonidan daryo va soy o‘zanlarini tozalash shuningdek, sohada bozor mexanizmlarini keng joriy etish bilan bog‘liq qator taklif va muammolar aytildi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilar tomonidan zarur choralar belgilab olindi.
Bunday sayyor qabullar hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etish, aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda sohaga oid islohotlarning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.