Qoradaryo daryosi o‘zanidagi uchastkada uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi

18/07/2024

“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi.
 

Xususan, E-AUKSION” elektron savdo platformasining bayonnomasiga asosan, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va “Aziza Credo Max” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida Andijon viloyati Andijon tumani “Omonov”, “Patiddinov” va “Toshmatov” QFYlari hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi 1-uchastkada o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi uchun shartnoma imzolandi.
 

O‘z navbatida, realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorga ko‘rsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar qoqildi.
 

Holat bo‘yicha, taraflar o‘rtasida uchastka topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirildi.
 

Shuningdek, tadbirkorlik subyekti rahbariga uchastkada faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilish hamda shartnomada ko‘rsatilgan me’yorlardan chetga chiqmaslik to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.