O‘zan tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalarda chegara hududini belgilovchi ustun qoziqlar qayta o‘rnatildi
03/07/2024
“E-AUKSION” elektron savdo platformasi tomonidan taqdim etilgan g‘oliblik bayonnomasiga asosan, Toshkent viloyati Piskent va Ohangaron tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosi o‘zanidagi uchastkada o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlarini amalga oshirish huquqi bo‘yicha “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi hamda “Modern Aria ” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida 2020- yili shartnoma imzolangan.
Mazakur uchastkaga sel-suv toshqini kelishi natijasida avval o‘rnatilgan ustun qoziqlar yuvilib ketish holati kuzatilgan edi.
O‘z navbatida, "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi xodimlari tomonidan realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorlik subyektiga ko‘rsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas ustun qoziqlar qayta o‘rnatildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyekti rahbariga uchastkada faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilish hamda shartnomada ko‘rsatilgan me’yorlardan chetga chiqmaslik to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.