Diqqat E'lon!

07/05/2025

  Namangan viloyati To‘raqo‘rg'on tumaniYortepa” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Kosonsoy soyi o‘zanidagi uchastkada o‘zan tozalash ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish huquqini tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish maqsadida hozirda "E-Auksion" savdo platformasida mavjud.

  O‘zan tozalash huquqining boshlang‘ich narxi 139 979 150.00 so‘m etib belgilangan.

  Mazkur uchastkada o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish muddati 2025-yil 1-noyabrgacha etib belgilangan.

 Loyiha  hujjatlari bo‘yicha belgilangan qum-shag‘al materiallari zahirasining tahminiy hajmi: 22 173,0 metr kubni tashkil qiladi.

Loyihani belgilangan maqsadi: Suv toshqini mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlarini Kosonsoy soyidan talofatsiz o‘tkazish, qirg‘oqlar yuvilishini hamda qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olishdan iborat.