Bandixon tumanida soy tozalash bo‘yicha taklif qilingan loyihalar umumiy rozilik bilan tasdiqlandi
05/06/2025
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi hamda “Davlat ekologik ekspertiza markazi” Surxondaryo viloyati filiali, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bandixon tumani bo‘limi xodimlari boshchiligida Bandixon tumani “Quduqsoy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Kofurunsoy soyi o‘zanidagi uchastkalarda ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida loyihasi “Quduqsoy” mahalla faollari ishtirokida jamoatchilika tanishtirildi.
O‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasida mahalla faollari tomonidan daryo soya o‘zanini tozalash bo‘yicha taklif qilingan loyihalar umumiy rozilik bilan tasdiqlandi.