Daryo va soy o‘zanlarini tizimli tozalash, suv fondi yerlaridan foydalanish hamda bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
16/01/2026
Bugungi kunda global miqyosda yuzaga kelayotgan ekologik muammolar, suv resurslarining tobora qisqarib borishi, iqlim o‘zgarishi va favqulodda tabiiy hodisalarning ortib borishi oqibatida har bir davlat oldida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish vazifasi dolzarb masalaga aylangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda suv resurslarini boshqarish, daryo va soy o‘zanlarini tozalash, suv fondi yerlaridan maqsadli foydalanish va bozor mexanizmlarini joriy qilish yo‘nalishida tub islohotlar olib borilmoqda.
Daryo va soy o‘zanlarining tabiiy holatini tiklash, suv oqimlarining erkin harakatini ta’minlash va xavfli gidrometeorologik hodisalarning oldini olish maqsadida daryo va soylarda o‘zan tozalash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
2025-yil davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan 71,4 km daryo va soy o‘zanlari tozalanib, 4,9 mln kub.metr hajmda qum-shagʻal materiallari qazib olindi. Bu ko‘rsatkich, qum-shag‘al materiallarining qonuniy tartibda qazib olinishning hamda suv oqimlarini o‘zan bo‘ylab xavfsiz oqib o‘tishining imkonini beradi. Mazkur tadbirlar sel-suv toshqini, yer ko‘chkisi kabi favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish, daryo havzalarida ekologik barqarorlikni ta’minlash, hududlarda aholi va xo‘jalik obyektlarining xavfsizligini ta’minlashga hamda qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlashda muhim omil sifatida xizmat qilmoqda.
Respublika miqyosida noruda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olishning oldini olish bo‘yicha ham tizimli nazorat ishlari kuchaytirildi. “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi 2025-yil davomida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari bilan birgalikda 1 108 ta reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Oʻrganishlar davomida, 1 077 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Ushbu yondashuv noruda materiallarni qazib olish faoliyatini qatʼiy qonunchilik asosida olib borilishiga va atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy taʼsirlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Faoliyatning yana bir muhim mexanizmi – o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tadbirkorlik subyektlariga shaffof va qonuniy asosda tadbirkorlik subyektlariga topshirish yoʻlga qoʻyilgan.
Buning natijasida yil yakuniga qadar respublikadagi daryo soy o‘zanlarida 68,18 km qismida o‘zan tozalash islarini olib borilishi uchun 50 ta tadbirkolik subyektlariga biriktirilib berildi va daryo va soylarda sel toshqin suvlarini talofatsiz o‘tkazib yuborishga ko‘maklashildi. Shuningdek, 55 ta uchastkada o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtirildi. Bu esa, resurslar taqsimotida shaffoflikni, samaradorlikni taʼminlash imkonini beradi.
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi faoliyati faqatgina o‘zan tozalash yoki noruda materiallarni qazib olish bilan cheklanib qolmasdan, ekologik va iqtisodiy yondashuvlarni uygʻunlashtirgan bir qator ustuvor yoʻnalishlar ham mavjud.
Hozirda, suv obyektlaridan baliqchilik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, sohilboʻyi hududlarini auksion orqali ijaraga berish tartibini ishlab chiqish, ushbu mintaqalardagi normativ hujjatlarni takomillashtirish va suv oqimlarini boshqarishda daryo va soy oʻzanlari hamda qirgʻoqlardan foydalanishning ilmiy asoslangan, shaklini yoʻlga qoʻyish borasida ham amaliy oʻrganishlar olib borilmoqda. Bu yondashuvlar esa, suv fondi yerlarining koʻp funksiyali boshqaruvini yoʻlga qoʻyishga, iqtisodiy samaradorlik bilan birga ekologik xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda mamlakatimizda ekologik muvozanatni saqlash, suv fondi yerlaridan samarali foydalanish va bozor mexanizmlarini keng joriy etish borasida amalga oshirilayotgan har bir tashabbus- barqaror kelajak uchun muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, daryo va soy oʻzanlarini tozalash, noqonuniy qazish ishlarining oldini olish, tabiatga yetkazilayotgan zararlarni kamaytirish orqali yurtimizda ekologik xavfsizlik, suv resurslarining muhofazasi va aholi farovonligiga erishish yoʻlida muhim qadamlarga erishilmoqda.