Viloyatlar hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soy o‘zanlarini tozalash ishlarini olib borishni tashkil etish bo‘yicha qator jamoatchilik eshituvlari bo‘lib o‘tmoqda

31/01/2025

2025-yil 29-yanvar kuni “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilishdavlat muassasasi Navoiy viloyati bo‘linmasi “Davlat ekologik ekspertiza markazi” Navoiy viloyati  filiali xodimlari boshchiligida Xatirchi tumani Ko‘ksaroy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Ko‘ksaroy soyi o‘zanini tozalash ishlarini olib borishning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini amalga oshirilishi yuzasidan mahalla faollari ishtirokida jamoatchilik fikri o‘rganildi.

Muhokama davomida, mutaxassislar tomonidan o‘rganilayotgan uchastkaning asosiy ekologik muammolari, soy o‘zanida yillar davomida qum-shag‘allar materiallarini to‘planib qolishi natijasida, sel-suv toshqinlari yuzaga kelib soy atrofida istiqomat qiladigan aholiga xavf solmasligi uchun soy o‘zanini tozalash choralarini ko‘rish lozimligi yuzasidan  aholiga tushunchalar berildi.

Jamoatchilik eshituvida yakunida, mahalla faollari tomonidan soy o‘zanini tozalash bo‘yicha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyihalar bir ovozdan ma’qullanib, ijobiy natijaga erishildi.