Yana bir noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi
01/04/2024
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Samarqand viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida noruda materiallarini noqonuniy ravishda qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.
Reyd tadbiri davomida, Samarqand viloyati Urgut tumani “Rahmatobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosida shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqoro tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan “Volvo” rusumli ekskavatori yordamida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallari qazib olish holati aniqlandi.
Aniqlangan holat bo‘yicha qonuniy ravishda jazo ta’sir chorasini qo‘llash maqsadida, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 70-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari 10 200 000,00 (o‘n million ikki yuz ming) so‘m miqdorida jarimaga tortildi va shaxsiy texnikalar vaqtinchalik saqlash maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirildi.