“Qoradaryo” daryosining qirg‘oqlarida “Yashil belbog‘”lar tashkil etilmoqda

13/03/2024

“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida "Daryo o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish  huquqi" tog‘risida imzolangan shartnomalarga asosan tadbirkorlik subyektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” hamda davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablaridan kelib chiqqan holda, biriktirilgan uchastkaning qirg‘oqbo‘yi mintaqasida qirg‘oqlarni mustahkamlovchi daraxtzor polasasini yaratish vazifasi qo‘yilgan.

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-yilning 13-mart kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasi Andijon viloyati bo‘linmasi, viloyat Prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyat va tuman mas’ul bo‘lim xodimlari ishtirokida amaldagi shartnomaning 4.1.1-sonli bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan “Yashil belbog‘” dasturi amalga oshirilib, Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Markaz” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi “Xitachi Xizmati” MChJ ga biriktirilgan uchastkaning chap qirg‘og‘iga 4020 tup “Kaliforniya terak”lari o‘ng qirg‘og‘iga 2000 tup “Povloniya” ko‘chatlari o‘tqazildi.

“Yashi belbog‘” yaratish dasturi Respublikaning boshqa hududlarida ham amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.