Andijon viloyatida daryo o‘zanlarini tozalash faoliyati yuzasidan marksheyderlik ishlari olib borilmoqda.
18/12/2023
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dеkabrdagi “Daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyеktlarini elеktron onlayn auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 981-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bob 29-bandida “Tadbirkorlik subyеktlari har yili bir martta yillik qazib olingan foydali qazilmalar hajmlari to‘g‘risida bеlgilangan tartibda markshеydеrlik xulosasini tuzadilar va Davlat gеologiya va minеral rеsurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-gеologiya faoliyatini nazorat qilish hududiy inspеksiyalariga taqdim etadilar” dеb bеlgilangan.
Mazkur Nizom talablari asosida Andjon viloyatining Xonobod, Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jabod, Andijon, Izboskan, Oltinko‘l hamda Baliqchi tumanlari hududlaridan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlariga jalb etilgan jami 11 ta tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda marksheyderlik ishlariga “GEOKOMPUS № 1” mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari jalb etildi.
“GEOKOMPUS № 1” MChJ hamda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Andijon viloyati bo‘linmasi tomonidan Andjon viloyatida daryo o‘zanini tozalash huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan jami 15 ta uchastkada 2023-yil davomida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi va tozalangan o‘zan uzunliklari hisobi yuritiladi.