Monitoring o‘lchov ishlari yakunlandi

30/07/2024

2024-yilning 24-iyul sanasidan 30-iyul sanasiga qadar “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryo o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi bo‘yicha imzolangan shartnomalarning “Kalendar grafigi”ga asosan iyul oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmini o‘lchov ishlari va o‘zan tozalash jarayoni monitoringi Respublikamizning barcha viloyatlardagi jami 160 ta uchastkalarda amalga oshirildi.

Jumladan:

Qoraqolpog‘iston Respublikasida 2 ta;

Andijon viloyatida 15 ta;

Farg‘ona viloyatida 6 ta;

Namangan viloyatida 23 ta;

Navoiy viloyatida 9 ta;

Qashqadaryo viloyatida 15 ta;

Samarqand viloyatida 10 ta;

Surxondaryo viloyatida 24 ta;

Sirdaryo viloyatida 1ta;

Toshkent viloyatida 50 ta;

Xorazm viloyatida 5 ta.

Yuqorida sanab o‘tilgan viloyatlarda amalga oshirilgan monitoring ishlariga “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyat boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy bo‘linmalari mas’ul hodimlari jalb qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi bo‘yicha tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Monitoring, o‘lchov va nazorat ishlarini olib borish davomida, uchastkalarda tadbirkorlik subyektlarining qum-shag‘al materiallarini qazish faoliyati o‘rganilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga mutaxassislar tomonidan loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablariga rioya etgan holda o‘zan tozalash ishlarini olib borilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va ogohlantirishlar berildi.