Andijonda sel suv oqibatida yuvilib ketgan ustun beton qoziqlar qayta o‘rnatildi
15/07/2024
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Andijon viloyat bo‘linmasi xodimlari tashabbusi bilan Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylarning o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatlari monitoring qilindi.
Shuningdek, toshqin mavsumida Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylarning o‘zanida suv sathining ko‘tarilishi, sel suv toshqini oqibatida 13 ta uchastkada yuvilgan hamda jabrlangan beton qoziqlar qayta o‘rnatilib, o‘zan tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalarda bannerlar yangilandi.
Xususan, o‘rganish jarayonida Xo‘jaobod tumani “Xamza” va “Madiyor” QFYlari hududidan oqib o‘tuvchi “Oqburasoy” soyi o‘zanidagi 1-2 uchastkalarda faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablariga rioya etilishi nazorat qilinib shuningdek, uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorlik subyektiga ko‘rsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas ustun beton qoziqlar qayta o‘rnatildi.
Qolgan hududlarda ham “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi xodimlari boshchiligida tadbirkorlik subyektlari tomonidan sel suv toshqini oqibatida yuvilib ketgan qoziq va bannerlarni ishchi holatga keltirish ishlari davom etmoqda.