Norin daryosining oqim bo‘ylab 6 ta nuqtasida potensial xavfli uchastkalar borligi aniqlandi
18/12/2024
Namangan viloyati hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi, Gidrometeorologiya, Kadastr agentligi hamda “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi mutaxassis xodimlari tomonidan Norin daryosining qirg‘oq himoya dambalarini holati dron yordamida to‘liq o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida daryoning oqim bo‘ylab o‘ng qirg‘oq himoya dambalarining kengligi turlicha bo‘lgan 6 ta nuqtada potensial xavfli uchastkalar aniqlandi.
Xususan, viloyat hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi, IIB va viloyat FVDT quyi tizimlarining kuch va vositalarini jalb qilgan holda Uychi tumani "Guliston" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi o‘ng qirg‘oq himoya dambasi uzunligi 156 metr, kengligi 60-70 metr yemirilgan qismida tiklash ishlari olib borilmoqda.
Umumiy hisobda damba tiklash ishlari 3 ta ekskavator, 2 ta yuklovchi mashina va 15 ta o‘zi ag‘daruvchi mashinalar yordamida amalga oshirilmoqda.
Xususan, damba mustahkamlash ishlariga ko‘ngilli bo‘lgan “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi bilan shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektining texnika va mexanizmlari ham jalb etildi.
Bugungi kunda damba yuvilishi oldi olinib, 500 m.kubdan oshiq harsang tosh va beton siniqlari, 1 250 m.kub shag‘al va 340 m.kub tuproq bilan damba mustahkamlandi.
Hozirda daryoda qirg‘oq mustahkamlash ishlari davom etmoqda.