Viloyatlarda o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmining hisobi va o‘zan tozalash ishlari monitoringi yuritildi.

29/09/2023

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida imzolangan shartnomalarning ilovasidagi kalendar jadvalida belgilangan oylarda qazib olingan qum-shag‘al materiallarining hajmini o‘lchash va dalolatnoma rasmiylashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Yuqoridagi tartib asosida, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi hududiy bo‘linmalari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi hodimlari ishtirokida Andijon, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmining hisobi yuritilib, dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Monitoring ishlari olib borilishi jarayonida, Namangan viloyatida 3 ta, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida 4 tadan tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zan tozalash faoliyati olib borilishida loyiha hujjatlari hamda davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablarini qo‘pol tarzda buzulishi holatlari aniqlandi. Holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy boshqarma hodimlari jalb etilib, tushuntirish ishlari va tegishli ko‘rsatmalar berilgan holda ushbu uchastkalarda qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari vaqtincha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 15 kunga to‘xtatildi.