Diqqat E'lon!

19/05/2025

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Xo‘jasoat” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Vaxshivorsoy soyi o‘zanidagi 1-sonli uchastkada o‘zan tozalash ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish huquqini tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish maqsadida hozirda "E-Auksion" savdo platformasida mavjud .

 O‘zan tozalash huquqining boshlang‘ich narxi 209 591 400.00 so‘m etib belgilangan.

 Mazkur uchastkada o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish muddati 2028-yil 30-aprelgacha etib belgilangan.

  Loyiha  hujjatlari bo‘yicha belgilangan qum-shag‘al materiallari zahirasining tahminiy hajmi: 45 718,73  metr kubni tashkil qiladi.

  Loyihani belgilangan maqsadi: Suv toshqini mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlarini Vaxshivorsoy soyidan talofatsiz o‘tkazish, qirg‘oqlar yuvilishini hamda qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olishdan iborat.