Hududlarda beton ustun qoziqlar va bannerlar o‘rnatish ishlari davom etmoqda
17/07/2024
Avval xabar berganimizdek, viloyatlarda toshqin mavsumida hududlardan oqib o‘tuvchi daryo va soylarning o‘zanida suv sathining ko‘tarilishi sel suv toshqini oqibatida o‘zan tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalarda yuvilgan hamda jabrlangan beton qoziqlar qayta o‘rnatilib, bannerlar yangilanmoqda.
Xususan, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Oqtosh” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Kosonsoy” soyi o‘zanidagi “Istiqlol Javohiri” MCHJ, Pop tumani “Yangiobod” MFY hududidan oqib o'tuvchi G‘ovasoy soyidagi “Avto Dizayan Qurilish” MCHJ hamda Andijon viloyati Andijon tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi “Xitachi xizmati” MChJlarga biriktirilgan uchastkalarda faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablariga rioya etilishi nazorat qilinib shuningdek, uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorlik subyektiga ko‘rsatilib, uchastkalarning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton ustun qoziqlar o‘rnatildi.
Qolgan hududlarda ham daryo va soylar o‘zanidagi burchak chegarasini belgilovchi beton ustun qoziqlar va bannerlarni o‘rnatish ishlari “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi xodimlari boshchiligida olib borilmoqda.